O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

"Vaqf" xayriya jamoat foni mazmun-mohiyati aholiga yetkazilmoqda

 
 

Ma’lumki 4 dekabr, seshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari raisligida “Vaqf: mohiyat va ijtimoiy ahamiyati” mavzusida bo‘lib o‘tgan videoseminarda fondning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, qo‘llab-quvvatlashga chorlash, masjidlar faoliyatini nazorat qilishga doir ko‘rsatmalar berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 5 dekabr kuni Samarqand viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov, o‘rinbosarlar X.Satttorov va Yo.Mansurov tomonidan Samarqand shahridagi bir nechta masjidlarga peshin va asr namozlariga tashrif buyurilib, namozxonlar bilan suhbat o‘tkazildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida "Vaqf" xayriya jamoat fondi tashkil etilgani, fond tomonidan qisqa vaqt ichida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilgani, kam ta’minlanganlar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironligi bor bo‘lgan shaxslar, bemorlar, musibatzadalarga ko‘plab moddiy yordamlar ko‘rsatilgani, masjidlar, diniy ta’lim muassasalariga moddiy jihatdan ko‘plab yordamlar qilinayotgani misollar asosida aholiga yetkazildi.

Fondning barqaror faoliyat olib borishi uchun xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlov lozimligi tushuntirilib, bu borada faol bo‘lishga, boshqalarga ham yetkazib, jamg‘armaning yanada ko‘proq xayrli ishlarni amalga oshirishiga ko‘makchi bolishga chorlab qolindi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 06/12/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1405
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/vaqf-xayriya-jamoat-foni-mazmun-mohiyati-aholiga-etkazilmoqda
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 16:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing