O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Vaqf xayriya jamoat fondining faoliyati

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5416-son Farmoni bo‘yicha “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etildi. “Vaqf” xayriya jamoat fondi 2018 yil 10 may kuni Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, o‘z faoliyatni boshladi. Fond Toshkent shahrining quyidagi manzilda joylashgan: 100002, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 47-uy. (Aloqa telefonlari: +998 78 150-64-36, Elektron pochta: vaqfuzbekistan@gmail.com). Shu bilan birga Fondning filiallari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Respublikamizning barcha viloyatlarida o‘z faoliyatini olib bormoqda. “Vaqf” xayriya jamoat fondining faoliyati haqida keng ma'lumotga ega bo‘lish uchun uning vaqf.uz sayti va vaqf.uz telegram messenjiri yo‘lga qo‘yilgan. Bank orqali mablag‘larning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilishini ushbu sayt orqali kuzatib borish mumkin. “Vaqf” fondi xayr-ehsonlarni o‘z egalariga yetkazishda ochiqlik va shaffoflikni kafolatlaydi.

Fondga fuqarolardan tushgan zakot, fitr va boshqa xayriya mablag‘lari Fondning alohida hisob raqamida to‘planadi. Fondning mablag‘lari 3 qismga bo‘linadi:

1. Xayriya bo‘limi;

2. Vaqf bo‘limi;

3. Zakot, ushr, fitr va fidya bo‘limi.

Hozirgi kunda 3 ta bo‘limning ham banklarda alohida hisob raqamlari mavjud. Masalan, bir kishi zakot uchun fondga mablag‘ o‘tkazsa, ushbu mablag‘ zakot bo‘limiga tushadi va shariatda aytilgan o‘rinlarga sarf qilinadi. Umumiy qilib aytganda fond faqatgina vaqf mulkidan iborat emas.

Bank rekvizitlari: h/r 2021 2000 8008 8175 3001 ATIB “Ipoteka-bank” Yunusobod filiali, bank kodi 00837, bank STIR 202235389.

Zakot, ushr, fitr va fidyalar: 2021 2000 1008 8175 3003

Xayriya uchun: 2021 2000 0008 8175 3002

Vaqf uchun: 2021 2000 3008 8175 3004

Fond xayriya mablag‘larni odamlar qiyinchiliksiz o‘tkazishlari uchun elektron to‘lov tizimlariga ulangan. Jumladan, Click, Payme tizimlari orqali “Vaqf” fondiga pul o‘tkazish mumkin. Bundan tashqari O‘zbekistondagi barcha bank infokioskalari orqali fondga xayriya qilish imkoniyati bor. Ulardan fondning istalgan bo‘limiga naqd yoki plastik karta orqali pul o‘tkazish mumkin.

Alloh taolo qilgan xayr-ehsonlaringizni qabul qilsin!


Kiritilgan vaqti: 07/03/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1372
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/vaqf-xayriya-jamoat-fondining-faoliyati
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 21:02
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing