O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Vaqf mulki va obi-hayot aksiyasi

 
 

“Vaqf” xayriya jamoat fondi kelib tushgan mablag‘larni har bir yo‘nalish bo‘yicha taqsimotini amalga oshirgan holda hududlarda bir qancha loyihalarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Shunday loyihalardan biri “Obi hayot” loyihasidir. Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad aholini toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘lib, uni amalga oshirish uchun fond tomonidan “Vaqf mulki va obi-hayot aksiyasi” o‘tkazilib kelmoqda. Xabaringiz bor, yaqinda Surxondaryo viloyatidagi bir nechta mahalla aholisiga “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan toza ichimlik suvi tarmog‘ini o‘tkazish ishlari yakuniga yetkazlidi.

“Vaqf mulki va obi-hayot aksiyasi”ni yanada takomillashtirish uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondiga biriktirilgan yirik ziyoratgoh va qadamjolarga maxsus ehson qutilari o‘rnatilmoqda. Samarqand viloyatidagi “Shohi Zinda”, “Xo‘ja Ahrori Valiy”, “Xo‘ja Doniyor”, “Xo‘ja abdu Darun”, “Imom Buxoriy” va “Hazrati Dovud” ziyoratgohlariga ham fondning Samarqand viloyati filiali tomonidan shu kabi ehson qutilari o‘rnatildi. Mazkur qutilarda yig‘ilgan pul mablag‘lari esa fondning alohida “Vaqf mulki va obi-hayot aksiyasi” hisob raqamiga o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Mana shu hisob raqamiga yig‘ilgan pul mablag‘lari chekka hududlardagi qishloqlarda suv chiqarish, quduqlar qazish, turli xil sex va korxonalar qurish, jihozlar bilan ta’minlash kabilarga sarflanadi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 04/03/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1687
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/vaqf-mulki-va-obi-hayot-aktsiyasi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 01:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing