O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Uzoq Sharq muftiysi minnatdorchilik maktubi yo‘lladi

 
 

Uzoq Sharq musulmonlari diniy idorasi raisi, Uzoq Sharq muftiysi Ahmad hazrat G‘arifullin O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlariga minnatdorchilik maktubi yo‘lladi.

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatiga Saxalin orolida Ramazon oyi tadbirida xizmat ko‘rsatishni tashkil etishdagi ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirilgan.

“Biz sizning qo‘llab-quvvatlashingiz va g‘amxo‘rlik ko‘rsatganingizni chin qalbdan qadrlaymiz. Kelgusi hamkorligimizdan umidvormiz hamda musulmonlarni birlashtirish va Qodir Allohning dinini mustahkamlashga ko‘maklashish yo‘lidagi birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz bundan keyin ham o‘z samarasini berishiga ishonamiz”, deyiladi tashakkurnoma matnida.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 15/04/2024 15:44;   Ko‘rilganligi: 33
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/uzoq-sharq-muftiysi-minnatdorchilik-maktubi-yolladi
Chop etilgan vaqti: 30/04/2024 12:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing