O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

"Turizm fidoyisi" ko‘krak nishoni o‘z egalariga topshirildi

 
 

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha Prezidentimiz tashabbuslari bilan qator farmon va qarorlar imzolandi, turizm sohasi iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida e'tirof etildi. Shu asnoda hududlarimizda turizmni rivojlantirish yo‘lida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonining tantanali topshirilishi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga munosib sovg‘a bo‘ldi.

Mana shunday yuksak e'tibordan diniy soha xodimlari ham nazardan chetta qolgani yo‘q. Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulov “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ziyorat turizmini rivojlantirish, madaniy meros obyektlarini saqlash va ommalashtirishda faol ishtirok etganligi, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarimizning ilmiy meroslarini yana bir bor musulmon dunyosiga talqin etish, tarixiy osori atiqalar, madrasalar, masjidlarni dunyo musulmonlariga tanitish kabi ishlarda eng faollardan bo‘lganligi uchun viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ushbu e'tirofga loyiq  deb topilganini alohida ta'kidlash lozim.

Ushbu ko‘krak nishonini  bosh vazirning o‘rinbosari — turizm va sport vaziri  Aziz Abduhakimov  topshirdi. Bunday e'tirof viloyatimizda faoliyat olib borayotgan soha xodimlarining yelkasiga alohida mas'uliyat yuklaydi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi jamoasi hamda viloyatimizda din yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan barcha diniy soha xodimlari viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovni ushbu mukofot bilan muborakbod etadi va kelgusi  faoliyatlariga zafarlar tilaydi.

 Mukofot muborak bo‘lsin!!!

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 28/09/2021 10:52;   Ko‘rilganligi: 924
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/turizm-fidoyisi-kokrak-nishoni-oz-egalariga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 02:33
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing