O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘zgardi

 
 

Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi. Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi Sayfuddinov Rahmatulloh ushbu vazifaga tayinlandi.
Sayfuddinov Rahmatulloh ish faoliyati davomida Toshkent shahridagi «Xo‘ja Alambardor», «Minor» jome masjidlarida imom-xatibi va shu kunga qadar Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.
Sayfuddinov Rahmatulloh domlaga Alloh taolodan kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilaymiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 20/10/2021 08:51;   Ko‘rilganligi: 627
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/toshkent-shahar-bosh-imom-xatibi-ozgardi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 02:42
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing