O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

"TO‘QMONBOY" QABRISTONIDA HASHAR

 
 

Samarqand shahrining yo‘ldosh shaharchasi – Kimyogarlar qo‘rg‘onida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov tashabbusi bilan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ichki yo‘l­lar, piyodalar yo‘lagi, ko‘p qavatli uylar hamda ijtimoiy soha obyektlarini mukammal ta’mirlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan islohotlar ichida shaharga tutash bo‘lgan Pastdarg‘om tumani hududiga kiruvchi “To‘qmonboy” qabristoni ham obod holatga keltirilmoqda.

17 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi hamda Pastdarg‘om tumani imom xatiblari qabristonda tashkil etilgan hasharga o‘z hissalarini qo‘dilar. Tozalash ishlariga ko‘maklashish asnosida 100 nafarga yaqin hasharchilarga tushlik dasturxoni tashkil etildi.

Shariatimiz ko‘rsatmalariga ko‘ra o‘tganlarni qabrlarini ziyorat qilish, qabristonlarni ozoda saqlash sunnat amallardandir. Chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qilganlar: “Sizlarga qabrlar ziyoratini taqiqlagan edim. Mana endi qabrlarni ziyorat etavering, zero, u sizlarga oxiratni eslatadi” deganlar.

Alloh taolo o‘tganlarimizning ruhlarini shod, qabrlarini purnur aylasin.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 17/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1464
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/toqmonboy-qabristonida-hashar
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 10:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing