Tojikiston va Afg‘onistonning taniqli ulamolari xalqaro anjumanda qatnashish uchun yurtimizga keldi
Bugun, 14 mart kuni O‘zbekiston muslmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov, Diniy idora ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov va boshqa mutasaddilar Samarqandga tashrif buyurgan Tojikiston Respublikasi delegatsiyasini “Jartepa” chegara maskanida kutib oldilar.
Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon qori Ishmatbekov Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tadigan anjumanga Afg‘oniston Haj va Vaqf ishlari vaziri boshchiligidagi ulamolarni Surxondaryo viloyatida kutib oldi.
Bugun mehmonlar Samarqand viloyatidagi muborak qadamjolarni ziyorat qiladilar.
Eslatib o‘tamiz, ertaga 15 mart kuni bo‘lib o‘tadigan xalqaro anjumanda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Tojikistondagi diniy soha rahbarlari, yetuk ulamolar, mutaxassis va mutasaddi vakillar ishtirok etadi.
Safar jarayonlari va anjuman haqidagi ma'lumotlarni saytimizda kuzatib boring.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 14/03/2021 13:45; Ko‘rilganligi: 943
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 21:41