O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ta'ziya izhor qilamiz

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi, Imom Buxoriy jome masjidi va barcha imom-xatiblar Payariq tuman “Imom al-Buxoriy” jome masjidi fidoiy xodimi (mutavallisi) Doniyarov Maqsudjonning (1981) vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etib, hamdardlik bildiradi.

Alloh subhanahu va taolo marhumning barcha dinimiz yo‘lida qilgan xayrli ishlari hamda solih amallarini husni qabul aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Oxiratlarini obod qilib, ajru mukofotlarini ko‘paytirsin va yaqinlariga chiroyli sabr bersin.

(Janazo nomozi Ishtixon tumani Metan massivi yaqinidagi Oxunboboyev mahallasi Qirqoy qishlog‘ida soat 14:00da o‘qiladi)

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 29/12/2019 10:47;   Ko‘rilganligi: 1015
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/taziya-izhor-qilamiz
Chop etilgan vaqti: 14/05/2024 13:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing