O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ta'ziya bildiramiz

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi jamoasi, imom-xatiblar Muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga ukasi Sultonxon Olimovning vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etadi.

Alloh taolo oxirat safariga kuzatilayotgan marhumning chekkan zahmatlari, tortgan dardlarini gunohlariga kafforat qilib, barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin.

Haq taolo marhumning ahli-ayoli, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarga ajru mukofotlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi jamoasi, ulamolar, imom-xatiblar nomidan muftiy hazratlariga va marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Janoza namozi ertaga, Juma kuni soat o‘n birda Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog‘idagi “Orlot” jome  masjidida  o‘qiladi.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 12/12/2019 13:15;   Ko‘rilganligi: 860
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/taziya-bildiramiz
Chop etilgan vaqti: 29/04/2024 12:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing