O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

“Tavaron” jome masjidida Juma ibodati ado etildi

 
 

Bugun, 26 mart kuni viloyat bosh imom-xatibi  o‘rinbosari Yooqubjon domla Mansurov viloyatimizning olis Kattaqo‘rg‘on tumanidagi chekka hududda joylashgan, joriy yilda binosi to‘liq ta'mirdan chiqarilgan “Tavoron” jome masjidiga tashrif buyurdi. Mazkur masjidda jamoatga Juma namozini o‘qib berdilar.

Juma namozi ado etilgach, ushbu masjidning obod bo‘lishi yo‘lida beminnat xizmat qilgan barcha-saxovatpesha insonlarga ajru savobini ko‘paytirib berishini va bu masjid qiyomatgacha namozxonlar uchun ibodat maskani bo‘lishini Allohdan so‘rab  ko‘pdan-ko‘p duolar qildilar. 

 O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 26/03/2021 17:31;   Ko‘rilganligi: 795
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/tavaron-jome-masjidida-juma-ibodati-ado-etildi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 16:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing