O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

 TAROVEH NAMOZINI MASJIDLARDA O‘QISH VAQTLARI

 
 

 Ramazon oyi yaqinlashgan sari mo‘min-musulmon xalqimizning xursandchiligi yanada ziyoda bo‘lmoqda. Shubhasiz, qutlug‘ oyga ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydigan, shu oyga xos bo‘lgan ibodat taroveh namozidir. Bu borada Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ramazon oyida iymon bilan savob umidida (tarovehda) qoim bo‘lsa, avvalgi gunohlari kechiriladi” (Imom Buxoriy), deganlar.

2024 yil 10 mart, yakshanba kuni xufton namozidan so‘ng yurtimizdagi majidlarda taroveh namozi boshlanadi.

Mamlakatimizning 14 ta hududidagi masjidlarda taroveh namozi boshlanish vaqtlarini quyida e'tiboringizga havola etamiz:

Farg‘ona 20:15
Namangan 20:15
Andijon 20:30
Toshkent v. 20:30
Toshkent sh. 20:30
Sirdaryo 20:30
Jizzax 20:30
Samarqand 20:45
Qashqadaryo 20:45
Surxondaryo 20:45
Navoiy 20:50
Buxoro 20:50
Xorazm 21:10
Qoraqalpog‘iston R. 21:10

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 07/03/2024 15:21;   Ko‘rilganligi: 142
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/taroveh-namozini-masjidlarda-oqish-vaqtlari
Chop etilgan vaqti: 06/05/2024 19:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing