Ta’lim muassasalarida
Dushanba ta’lim muassasalari bilan ishlash kuni sifatida viloyat imom xatiblari o‘rtasida an’anaga aylangan. Ushbu an’anaga muvofiq 26 noyabr kuni imomlarimiz qator ta’lim muassasalarida bo‘lib, o‘quvchi-yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazdilar.
Quyida o‘tkazilgan uchrashuvlardan namunalar keltiramiz:
Urgut tuman 28-umumtu’lim maktabda “Shayx Qutbiddinxon” jome masjidi imom xati H.Tojiyev, 89-umumta’lim maktabda “Mang‘itobod” jome masjidi imom xatibi X.Salimov, Bulung‘ur tuman 14-umumta’lim maktabda “Poyga tepa” jome masjidi imom xatibi A.Toshmurodov, Kattaqo‘rg‘on shahar 13-umumta’lim maktabda “Qoriravot” jome masjidi imom xatibi S.Ro‘ziyev, 12-umumta’lim maktabda esa “Mashrab” jome masjidi imom xatibi A.Norbekov, Payariq tumani 39-umumta’lim maktabda “Cho‘qmozor ota" jome masjidi imom xatibi Z.Rasulov bo‘lib, barkamolik shartlari, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish, Ustozga ehtirom, odob-axloq masalalari, hayoning ahamiyati, ekstremizmga qarshi kurashish, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik masallalarida suhbatlar o‘tkazdilar.
Uchrashuvlarda, shuningdek, tinchlikni qadrlash, yurtning ertasi uchun bilimli yoshlar kerakligi unutmaslik va hamisha buyuk maqsadlar sari intilish lozimligi haqida tushunchalar berib o‘tildi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 27/11/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1579
Chop etilgan vaqti: 04/12/2024 15:32