O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

“So‘fi Olloyor” va "Ezgulik" bog‘lari tashkil etildi

 
 

Yurtboshimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda keng quloch yozgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Samarqand viloyatining barcha joylarida xayrli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, viloyatning Pastdarg‘om tumanida joylashgan "Norqul bobo" jome masjidi hovlisida diniy soha vakillari, ulamo va nuroniylar ishtirokida manzarali va mevali daraxtlar ko‘chati ekilib, "Ezgulik bog‘i" tashkil etildi.

Shu kuni " Ezgulik bog‘i"ga 1000 tupga ko‘chatlar o‘tqazildi.

Pastdarg‘om tumanidagi tadbirlardan so‘ng viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligidagi diniy soha xodimlari va ulamolar Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Xo‘ja Abduraxmon ota” jome masjidida peshin namozidan so‘ng masjid hududida joylashgan yerga 3000 tub mevali va manzarali daraxtlarni o‘tqazdi. Bu bog‘ga ulamolar “So‘fi Olloyor” bog‘i nomi berildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 29/11/2021 10:48;   Ko‘rilganligi: 1164
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/sofi-olloyor-va-ezgulik-boglari-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:39
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing