O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Shavkat Mirziyoev Samarqanddagi Navro‘z shodiyonalarida qatnashdi

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev shu kunning o‘zida Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Navro‘z shodiyonalarida ham ishtirok etdi.

Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida viloyatning salohiyati, shahar va tumanlarning ko‘rgazmalari, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Davlatimiz rahbari viloyat jamoatchiligi, nuroniylar, faollar, yoshlar bilan suhbatlashib, barchani bayram bilan yana bir bor tabrikladi. Samimiy muloqot chog‘ida mamlakatimizdagi islohotlar, odamlar hayotidagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Prezident matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoev mazkur bog‘da o‘rnatilgan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari poyiga gul qo‘ydi.

«O‘zbek va tojik adabiyotining buyuk namoyandalari bo‘lgan ushbu shoirlar zamondosh, hamfikr bo‘lgan. Ularning adabiy merosi bugungi kunda O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik aloqalarini mustahkamlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda», deyilgan xabarda.

Samarqanddagi bayram shodiyonalarida tojikistonlik mehmonlar ham qatnashdi. Prezident ular bilan suhbatda ajdodlarimizning ma’naviy merosi xalqlarimizning umumiy boyligi ekani, uni o‘rganish azaliy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashini ta’kidladi.

manba: “kun.uz”


Kiritilgan vaqti: 22/03/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1905
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/shavkat-mirziyoev-samarqanddagi-navroz-shodiyonalarida-qatnashdi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 18:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing