O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

SAYYOR MAJLIS

 
 

2016 yil 14 iyul kuni Samarqand tumanining markaziy masjidi hisoblangan Xo‘ja Ahrori Vali jome masjidida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tasarrufidagi shahar va tumanlar bosh imom xatiblari hamda Samarqand shahar va Samarqand tuman masjid imom xatiblari ishtirokida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda masjidlar faoliyatini yanada jadallashtirish, toza-ozadalikka e’tibor qaratish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish kabi qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, majlisda 19-21 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan imom xatiblarning malaka oshirishlari bo‘yicha o‘quv seminarning olib borilishi jarayoni ham atroflicha muhokama etildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 14/07/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2816
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/sayyor-majlis
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 11:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing