Saxovatli insonlar
Bugungi murakkab vaziyatda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xayrli tadbirlar, tashabbuskor, saxovatpesha kishilarning amaliy sa'y-harakatlari ko‘lami bardavom bo‘lib bormoqda. E'tiborlisi, ana shunday sinovli kunlarda hech kim mehr-e'tibordan chetda qolmayapti.
Bu Prezidentimiz rahnamoligida yur tinchligi, xalqimizning sihat-salomatligi hamma narsadan ustun ekanligining amaliy ifodasidir. Albatta, bu ezgu amallar, yangi tashabbuslarni nuroniylarimiz qo‘llab-quvvatlab, duolar qilishmoqda.
Xususan, Samarqand viloyatida ko‘plab ehtiyojmand oilalar kundalik oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanmoqda. Ahamiyatlisi, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami bir daqiqa ham to‘xtagani yo‘q.
Yana bir jihat, Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Ayniqsa, saxovatpesha insonlar, ishbilarmonlar, dehqon va fermerlar ixtiyoriy ravishda tashabbus bilan chiqayotganligi ham ahamiyatga molikdir. Bugun viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov tashabbusi bilan “Xo‘ja Ismoil” mahallasida yashovchi bir nechta ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz yoshlar, kam taminlangan oilalar uchun bir oylik kundalik oziq-ovqat maxsulotlarini hadya qilinganini qayd etish joiz.
Shu o‘rinda bunday ezgu ishlarga har birimiz munosib hissa qo‘shaylik. Zotan, saxovat va ko‘mak xalqimizga xos azaliy qadriyatlardandir.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborat xizmati
Kiritilgan vaqti: 24/04/2020 17:08; Ko‘rilganligi: 1029
Chop etilgan vaqti: 15/09/2024 08:52