O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

“SAXOVAT VA KO‘MAK” SHIORI OSTIDA IMOM-XATIBLARIMIZ FAOLYATI

 
 

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasini oldini olish maqsadida e'lon qilingan karantin davrida ehson-saxovatlarini har qachongidan ko‘paytirish, kam taminlangan oilalarga, bemor va nogironlarga yordam qo‘lini cho‘zish, muhtojlar holidan xabar olish fazilatli va savobli ishlardan sanaladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilayotgan har bir yig‘ilishlar avvalida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida to‘xtalib, vaqtincha ishlamayotgan va yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni manzilli asosda oziq-ovqat va dori-darmon bilan ta'minlash ko‘lamini yanada kengaytirish kerakligini ta'kidlamoqdalar.

Yurtboshimiz xalqimizning tarixiy va ma'naviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda,  Saxovat va ko‘mak”  umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yish tashabbusini ilgari surdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Samarand viloyatining barcha shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarimiz ana shunday savobli ishga qo‘l urdilar.

“Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati Ramazon oyi kunlaridagi ezgu amallar bilan uyg‘unlashib ketishida ham chuqur ma'no bor. Muqaddas oyda muhtojlarga yordam ko‘rsatilishi, ehtiyojmandlar qo‘llab-quvvatlanishi ruhiy birdamligimiz va bardamligimizni oshiradi. Ayni shu tuyg‘ular murakkab sinovlarni yengib o‘tishda hammamizga qo‘shimcha kuch-quvvat beradi, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati xalqimizni yanada jipslashtiradi.



 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborat xizmati


Kiritilgan vaqti: 25/04/2020 15:36;   Ko‘rilganligi: 1167
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/saxovat-va-komak-shiori-ostida-imom-xatiblarimiz-faolyati
Chop etilgan vaqti: 06/05/2024 04:09
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing