O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandlik navbatdagi ziyoratchilar guruhi Umra safariga kuzatib qo‘yildi

 
 

Xabaringiz bor Umra ziyoratiga vatandoshlarimizning borishida cheklovlar bekor qilinib, endilikda umra safariga cheklanmagan miqdorda ziyoratchilar borishi mumkin bo‘lgan edi. Shunga binoan har o‘n kunda viloyatmizdan ziyoratchilar Umra safariga yo‘l olmoqdalar. Bugun, 10 dekab kuni Samarqand viloyatidan navbatdagi 4 ta guruhda  196 nafar ziyoratchilar Umra safariga yo‘lga chiqdi. Ushbu guruhlarga tajribali, ilmli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari boshchilik qilmoqda. Viloyatmizning barcha tumanlaridan ziyoratchilar kunning avvalida viloyat vakilligi binosiga yig‘ildiilar. Shundan so‘ng safaroldi xayrlashuvi va duolar qilinib, muborak safarga kuzatib qo‘yildi.  

Umra ziyoratida ulkan ajru savoblar bor. Baytullohning atrofida tavof qilib aylanar ekan ularning har bir qadamiga bir hasana yozilib, bittadan gunohlari o‘chirib boriladi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz alayhissalomdan rivoyat qilgan, ul zot aytganlar:

“Kimki Baytullohni tavof qilar ekan bir oyog‘ini yerdan ko‘tarib, ikkinchisini yerga qo‘ygunicha Alloh unga bir hasana yozadi, bitta gunohini o‘chiradi va darajasini bir pog‘onaga oshiraveradi” (Imom Ahmad).

Allohim, barcha yaxshi niyat bilan safarga otlangan va umra ibodatlarini ado etib qaytayotgan yurtdoshlarimizning ibodatlarini qabul qilsin!

Jomboy tumanidan Umra safariga yo‘l olgan ziyoratchilar (Jomboy shahar "Islomobod" jome masjidi)

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 10/12/2019 11:10;   Ko‘rilganligi: 969
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandlik-navbatdagi-ziyoratchilar-guruhi-umra-safariga-kuzatib-qoyildi
Chop etilgan vaqti: 29/04/2024 11:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing