O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

SAMARQANDLIK HOJILARIMIZ MUBORAK HAJ ZIYORATIDAN QAYTISHDI

 
 

2017 yilgi haj mavsumi ham tobora nihoyalanib bormoqda. Samarqand viloyatidan borgan hojilar Islom dinining beshinchi ruknini ado etib, sog‘-omon yurtimizga qaytib kelishdi.

12 sentyabr kuni Muqaddas Makka va Madina zaminidan qaytayotgan qutlug‘ insonlar Samarqand xalqaro aeraportida viloyat hokimligi mutasaddilari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi xodimlari va hojilarning yaqinlari tomonidan yuqori hurmat-ehtirom bilan kutib olindi.

Hojilar yuzida esa islomning beshinchi rukni ado etilgani fayzi, shukronalik hissi va yurt sog‘inchi ifodasi ko‘rinib turardi.

Ko‘tarinki kayfiyatda qaytgan ziyoratchilarimiz yuqori saviyada tashkil etilgan ziyorat uchun barcha tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 13/09/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2347
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandlik-hojilarimiz-muborak-haj-ziyoratidan-qaytishdi
Chop etilgan vaqti: 14/12/2024 11:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing