Samarqandda Xayriya tadbirlari davom etmoqda.
"VAQF" xayriya jamoat fondi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Shu munosabat bilan "VAQF" xayriya jamoat fondi “Biz siz bilan birgamiz” shiori ostida barcha viloyatlarda navbatdagi saxovat-xayriya tadbirini amalga oshirib ijtimoiy ko‘makka muhtoj xonadonlarga zaruriy oziq-ovqat "VAQF" xayriya paketlari tarqatildi.
Bu borada "VAQF" xayriya jamoat fondining Samarqand filialida ham yuqoridagi shior ostida va oldingi ishlar davomi sifatida xayriya karvonlari Samarqand viloyatining chekka tuman va qishloqlarga yo‘l oldi va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj vakillari-kam ta'minlangan, nogiron va boquvchisini yo‘qotganlarga 200 kishilik, jami 20000000 so‘mlik zaruriy oziq-ovqat "VAQF" paketlari ulashib ko‘ngillari obod etildi. Xayriya tadbirlari davom etmoqda.
O‘MI samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 18/06/2020 15:30; Ko‘rilganligi: 1020
Chop etilgan vaqti: 15/10/2024 13:56