Samarqandda Muftiy hazratlari va Din ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi avf etilgan fuqarolar bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 92 nafar fuqaro afv etilgan edi. Avf etilganlarning 14 nafari Samarqand viloyatidan. Muftiy hazratlari hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Ishtixon tumanlaridan avf etilgan 4 nafar fuqarolar bilan uchrashib, suhbatlashdilar. Suhbat davomida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qarorning ahamiyati, tinchlik-xotirjamlikning qadriga yetish, shukr qilib, ota-onalarining duosini olgan holda, jamiyat va dinimizga xizmat qilishga chaqirdilar. Shundan so‘ng muftiy hazratlarining qalamlariga mansub diniy-ma'rifiy adabiyotlar hamda “Vaqf” xayriya jamg‘armasi tomonidan oziq-ovat mahsulotlari ularga sovg‘a qilindi. Ularning oilalaridagi hozirgi kabi xursandchiliklar doimiy bo‘lishi, tinchlik-osoyishtalik ne'mati, ona yurt qadriga yetib, shukronalik bilan hayot kechirish, farzandlarning halovatini ko‘rishlarini tilab duoi xayrlar qilindi.
Samarqand tashrifi davom etmoqda.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 11/12/2019 16:52; Ko‘rilganligi: 991
Chop etilgan vaqti: 16/09/2024 07:33