Samarqand — "Yilning eng namunali hududi" deb topildi
Poytaxtimizning “Zarafshon” kinokonsert zalida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yil tanlovi - 2019” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zA xabariga ko‘ra, marosimda yilning eng namunali hududlari ma'lum bo‘ldi. Hududlar nomi Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov tomonidan e'lon qilindi.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Samarqand "Yilning eng namunali hududi" deb topildi. Toshkent shahri va Namangan viloyatlari teng ravishda ovoz to‘plab, II o‘rinni band etdi.
I o‘rin – Samarqand viloyati
II o‘rin – Namangan viloyati
II o‘rin – Toshkent shahri
III o‘rin – Andijon viloyati
III o‘rin – Navoiy viloyati.
O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmiti
Kiritilgan vaqti: 17/01/2020 15:09; Ko‘rilganligi: 944
Chop etilgan vaqti: 16/09/2024 07:25