O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyatida imom-xatiblari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi

 
 

Jonajon Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida, yurtimizda bu yilgi bayram tantanalari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Samarqand viloyati imom-xatiblari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi.

Tadbir Samarqand tumanidagi “Imomi A'zam jome masjidida bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Bobur Karimov, shahar va tuman imom-xatiblari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Avvalo, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov so‘zga chiqib, mustaqilligimiz ne'matlari, xalqimizga berilgan tinchlik va barqarorlik qadri haqida to‘xtaldi. U kishi ta'kidladi:

Mustaqillik – eng ulug‘ va muqaddas ne'matdir;

Millatning birdamligi va xalqning ezgu mehnatlari tufayli yurtimiz tinch va farovon hayot kechirmoqda;

Imom-xatiblarning bilimi va ma'rifiy ishlardagi fidoyiligi zamon talabi hisoblanadi.

Shuningdek, domla o‘z nutqida bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni kelgusida yanada ko‘p tashkil etish zarurligini qayd etib, ular imom-xatiblarning bilim va tajribasini oshirishga xizmat qilishini ta'kidladi.

Shundan so‘ng, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Bobur Karimov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilari va barcha yurtdoshlarni Mustaqilligimizning 34 yilligi bilan muborakbod etdi. U nutqida quyidagilarga urg‘u berdi:

Mamlakatimizda diniy-ma'naviy sohani rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda,

Masjidlarni obodonlashtirish va imom-xatiblarning bilim saviyasini oshirish davlat siyosatida muhim o‘rin tutadi,

“Zakovat” kabi bellashuvlar ma'naviyatni yuksaltirish va diniy soha vakillarining bilimlarini namoyon etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Bobur Karimov ham nutqida bunday tadbirlarni yanada ko‘p va keng qamrovda tashkil etish kerakligini ta'kidladi.

Bellashuvda Samarqand viloyatining 16 ta shahar va tumanlaridan jami 16 ta jamoa ishtirok etdi. Savol-javob, bilim, topqirlik va zukkolikka oid sinovlarda imom-xatiblar o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon qildilar.

Natijalarga ko‘ra:

Birinchi o‘rin — Samarqand tumanining (Bilim sohillari) jamoasi,

Ikkinchi o‘rin — Kattaqo‘rg‘on shahrining (Bilimdonlar) jamoasi,

Uchinchi o‘rin — Qo‘shrabot tumanining (Ilm meroschilari)va Ishtixon tumanining (Adolat) jamoalari qo‘lga kiritddilar

Bellashuv yakunida Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Qolgan ishtirokchi jamoalar ham munosib rag‘batlantirildi.

Tadbir samimiy va ruhlantiruvchi muhitda o‘tdi. U nafaqat imom-xatiblarning bilimi va ma'naviy salohiyatini oshirishga, balki mustaqilligimiz bayramini ma'naviy-ma'rifiy ruhda nishonlashga ham xizmat qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakillgi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 28/08/2025 15:53;   Ko‘rilganligi: 35
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyatida-imom-xatiblari-ortasida-zakovat-intellektual-bellashuvi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 10:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing