O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyati uchun "Haj-2025" mavsumi boshlandi

 
 

KUZATISH JARYOYONIDAN LAVHALAR

 Ayni paytlarda “Haj – 2025” mavsumida Samarqand viloyatidan ilk ziyoratchilar Samarqanddan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdilar.

Haj sari qadam qo‘yayotgan hamyurtlarimizning ko‘zlarida quvonch, tillarida shukronalik hissini ko‘rishimiz mumkin.
Barcha muborak safar taraddudida, muqaddas zaminga oshiqmoqda.

Hayajonli, orzular ushalgan damlarda Alloh taoloning bayti sari yo‘l olayotgan hamyurtlarimiz eson-omon muborak qadamjolarni ziyorat qilib kelishini Alloh taolodan so‘rab qolamiz.

Izoh: "Haj-2025" mavsumidan Samarqand viloyatidan 930 nafar hamyurtlarimiz Haj safariga borishi belgilangan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi
Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 26/05/2025 12:33;   Ko‘rilganligi: 217
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyati-uchun-haj-2025-mavsumi-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 04:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing