Samarqand viloyati hokimi Sartepada sayyor qabul o‘tkazadi
Shu yil 14 oktyabr kuni soat 9:00 dan boshlab Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov rahbarligida viloyat tashkilotlari mutasaddilari bilan birgalikda Samarqand shahri aholisi uchun Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali qoshidagi akademik litsey binosida sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sayyor qabulda o‘zingizni qiynayotgan muammo, taklif va mulohazalar bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Manzil: Samarqand shahri, Sartepa massivi, Turkiston ko‘chasi, 3-uy.
Mo‘ljal: Tramvay yo‘lining oxirgi halqasi.
Ma’lumot uchun telefon: 0(366)-235-62-36
Manba: "zarnews.uz/"
Kiritilgan vaqti: 10/10/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1812
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 13:21