O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyat vakilligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 
 

Viloyat vakilligida barcha tuman va shahar bosh imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov vakili o‘rinbosari X.Sattorov  qatnashdi.

Kun tartibida 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti, 2020 yilda bajariladigan vazifalar, Imom-xatiblarning OAV, internet saitlari, ijtimoiy tarmoqlarda bugungi dolzarb bo‘lgan mavzular bo‘yicha maqolalar, video va audio materiallar bilan chiqishlari masalasi, O‘MI  tomonidan tasdiqlangan “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va maroismlarni o‘tkazishda odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan odatlarning oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora tadbirlar dasturi muhokama qilindi va tegishli ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi.

O‘MI -Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 08/01/2020 15:45;   Ko‘rilganligi: 772
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyat-vakilligida-navbatdagi-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 14/05/2024 16:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing