O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 
 

 Joriy yilning  21 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda Samarqand tumanidagi mavjud 6 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor uchrashuv Samarqand tumanidagi  “Xo‘ja Ahrori Valiy” masjidida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish oldidan shahar va tuman bosh imom xatiblari Samarqand shahridagi mavjud masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. Yutuqlar va kamchiliklarni o‘rganib, xulosalar to‘pladilar. Shundan so‘ng, yig‘ilishning asosiy qismi boshlandi. Yig‘ilishda viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, viloyat DIQning bosh mutaxassisi S.Boymurodov va o‘rinbosari Xayrulloh domla Sattarov va tegishli mutasaddilar ishtirk etishdi.

Dastlab bosh imom xatiblar tomonidan o‘rganish xulosalari o‘qib eshittirildi. O‘z navbatida viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarovlar tomonidan ham aniqlangan kamchiliklar aytilib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etishga oid tavsiyalar berildi.

Navbatdagi sayyor yig‘ilish Urgut tumanida bo‘lib o‘tishligi belgilandi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati

 


Kiritilgan vaqti: 21/09/2021 19:59;   Ko‘rilganligi: 555
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-tumanida-sayyor-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 05:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing