O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand tumani imomlari xayriya ishlarini tashkil qilishdi

 
 

Samarqand tumani imom xatiblari Ramazon oyida “1 iyun - xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan xayriya ishlarini tashkil qildilar.

Samarqand tuman bosh imom xatibi B.Sharipov “Adolat” partiyasi, “Nuroniy” jamg‘armasi bilan hamkorlikda muruvvat ishlarini amalga oshirdi.

Tumanda istiqomat qiluvchi nogironligi bor bo‘lgan sakkiz nafar voyaga yetmaganlarga turli sovg‘a-salomlar ulashildi.

Xususan tuman bosh imomi tomonidan ulardan besh nafariga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat Ramazon sovg‘asi taqdim etildi.

****

“Imomi A’zam” jome masjidi imom xatibi A.Po‘latov Jo‘yisoy mahallasidagi MTM da tarbiyalanayotgan bolajonlarni maktabga kuzatish marosimida ishtirok etdi.

34 nafar bolaga alifbo kitobi va rangli qalamlar to‘plami sovg‘a tariqasida taqdim etildi. Shuningdek, 2ta bolalar o‘yinxonasi uchun gilam ehson qilindi.

Bolajonlarga maktab hayotida omadlar, yaxshi ta’lim-tarbiya topib komil inson bo‘lib voyaga yetishlari tilab qolindi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 01/06/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1882
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-tumani-imomlari-xayriya-ishlarini-tashkil-qilishdi
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 15:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing