Sahovatpesha insonlar!
Muborak ramazon oyining mag‘firat dahasida Yaratgandan savob umidida kecha, 4 may kuni Samarqand viloyati Samarqand shahridagi “Murod Avliyo” va “Panjob” jome masjid imom-xatiblari tomonidan xomiylarni jalb etgan holda Sirdaryo viloyatida yuzaga kelgan favqulodda holat oqibatida aziyat chekkan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, insonparvarlik yuklari ortilgan 2 ta Fura yuk moshinasi va 8 ta ISUZU yuk moshinalar, shuningdek, bu xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shgan Urgut tuman Bosh imom xatibligi tomonidan ham 4 ta ISUZU yuk moshinalar manzil sari yo‘lga chiqib ketdi.
Insonparvarlik yordamining bir qismi 25.000 nafar Jizzax viloyatiga olib kelib joylashtirilgan Sirdaryolik jabrdidalrga yetkzildi, yana bir qismi Sirdaryo viloyatiga yuborildi.
Yuborilgan mazkur insonparvarlik yordamining umumiy miqdori 230.000.000 (ikki yuz o‘ttiz million) so‘mdan ziyod bo‘lib, uning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari – un, shakar, o‘simlik yog‘i, choy, makaron, guruch va qishloq xo‘jalik maxsulotlari, shuningdek, kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘or buyumlari, dori-darmon va boshqa kundalik birinchi ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar mavjud.
Shunday sinovli kunlarda ehtiyojmandlarga yordam qo‘lini cho‘zayotgan saxovatpesha insonlarga minnatdorchilik bildiramiz. Alloh taolo xalqimiz orasidagi mehr-oqibatni mundanda mustahkam aylasin. Amin.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 05/05/2020 10:19; Ko‘rilganligi: 1122
Chop etilgan vaqti: 12/12/2024 01:08