RAMAZON OYIDA BO‘LGAN MUHIM VOQEALAR
Ramazonning birinchi kuni:
- Hazrati Ibrohimga (alayhissalom) sahifalar tushirildi; milodiy 624 yili 26 fevralda (hijriy 2 yil) musulmonlar ilk bor ramazon ro‘zasini tuta boshlashdi; milodiy 641 yili 13 avgustda (hijriy 20 yil) Misr fath etildi.
Ramazonning ikkinchi kuni:
- hijriy 82 yili Ramazon oyining ikkinchi kuni Mag‘ribul-Asvat (Marokash) davlati fath etildi; milodiy 750 yil 13 aprelda (hijriy 132 yil) Abdulloh Abul Abbos Damashqni egalladi, umaviylar hukmronligi tugatilib, abbosiylar davlati qurildi.
Ramazonning uchinchi kuni:
- milodiy 632 yil 21 noyabrda (hijriy 11 yil) Payg‘ambarimizning (alayhissalom) qizlari Fotimai-Zahro (roziyallohu anho) vafot etdi.
Ramazonning to‘rtinchi kuni:
- milodiy 1664 yil 12 aprelda (hijriy 1074 yil 4-Ramazon) Usmoniylar davlati yeriga ruxsatsiz qal’a qurgan Olmoniyaga qarshi muhoraba boshlandi.
Ramazonning beshinchi kuni:
- milodiy 1268 yil 9 noyabrda musulmonlar 170 yil salibchilar qo‘l ostida bo‘lgan Antokiya shahrini qaytarib olishdi.
Ramazonning oltinchi kuni:
- milodiy 1138 yil 17 mayda (hijriy 532 yil) musulmonlar Shimoliy Suriyaning Halab shahrida ilk bor salibchilar ustidan g‘alaba qozonishdi.
Ramazonning yettinchi kuni:
- milodiy 971 yil 22 mayda (hijriy 361 yil 7-Ramazon) Misrning Qohira shahrida Islom olamidagi eng yirik o‘quv dargohlaridan "Al- Azhar" jome’iga asos solindi.
Ramazonning sakkizinchi kuni:
- milodiy 630 yil 18 dekabrda (hijriy 9 yil) Tabuk shahriga yurish boshlandi.
Ramazonning to‘qqizinchi kuni:
- milodiy 712 yil 18 iyunda (hijriy 93 yil) Andalusiya fathi boshlandi.
Ramazonning o‘ninchi kuni:
- milodiy 620 yili Ramazonning 10-kuni mo‘minlar onasi Xadichai Kubro vafot etdilar.
Ramazonning o‘n birinchi kuni:
- milodiy 477 yil 25 mayda (hijriy 129 yil) Xurosonda umaviylarga qarshi harakat boshlandi.
Ramazonning o‘n ikkinchi kuni:
- milodiy 879 yil 7 mayda (hijriy 265 yil) Qohiradagi mashhur Ibn Tulun jome’ masjidi qurib bitkazildi.
Ramazonning o‘n uchinchi kuni:
- milodiy 636 yil 18 oktyabrda (hijriy 15 yil) Umar ibn Xattob Quddus shahriga kirib bordilar va shahar aholisiga omonlik ahdnomasini yozib berdilar.
Ramazonning o‘n to‘rtinchi kuni:
- milodiy 1347 yil 18 dekabrda (hijriy 748 yil) ilm-ma’rifatga katta hissa qo‘shgan Misr hukmdori Hasan ibn Nosir Muhammad Qalovun hukmronligi boshlandi.
Ramazonning o‘n beshinchi kuni:
- milodiy 625 yil 1 martda (hijriy 3 yil) Payg‘ambarimizning (alayhissalom) sevimli nabiralari Imom Husayn tug‘ildi.
Ramazonning o‘n yettinchi kuni:
- milodiy 660 yil 24 yanvarda (hijriy 40 yil) Xulafoi roshidinning to‘rtinchisi Hazrati Ali (karramallohu vajhahu) hamda 676 yil 12 iyulda (hijriy 56 yil) mo‘minlar onasi Hazrati Oisha (roziyallohu anho) vafot etishdi.
Ramazonning o‘n sakkizinchi kuni:
- milodiy 642 yil 20 avgustda (hijriy 21 yil) "Sayfulloh" laqabini olgan va umrini Islom ravnaqiga bag‘ishlagan Xolid ibn Valid (roziyallohu anhu) vafot etdi.
Ramazonning yigirma ikkinchi kuni:
- milodiy 630 yil 12 yanvarda (hijriy 8 yil) Toif shahri musulmonlar qo‘liga o‘tdi.
Ramazonning yigirma uchinchi kuni:
- milodiy 652 yil (hijriy 31 yil) sosoniylar davlati to‘la fath etildi.
Ramazonning yigirma beshinchi kuni:
- milodiy 1070 yili (hijriy 463 yil) Saljuqiylar sultoni Alp Arslon qo‘shini Malazgirt yaqinida Vizantiya imperiyasi va salibchilarini tor-mor etdi.
Ramazonning yigirma oltinchi kuni:
- milodiy 1401 yil 16 martda (hiJriy 808 yil) mashhur qomusiy olim va tarixchi Abdurrahmon ibn Xaldun vafot etdi.
Ramazonning yigirma sakkizinchi kuni:
- milodiy 631 yil 1 yanvarda (hijriy 9 yil) Toifdagi Saqif qabilasi Rasululloh (alayhissalom) huzurlarida Islomni qabul qildi.
Ramazonning yigirma to‘qqizinchi kuni:
- milodiy 624 yil 24 martda (hijriy 2 yil) musulmonlarga Islom arkonlaridan zakot, fitr sadaqasi, hayit namozi buyurildi.
Ramazonning o‘ttizinchi kuni:
- milodiy 869 yil 31 avgustda (hijriy 256 yil) buyuk muhaddis, "Sahihul Buxoriy" muallifi Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriy vafot etdi.
manba: e-tarix.uz
Kiritilgan vaqti: 09/06/2016 00:00; Ko‘rilganligi: 4009
Chop etilgan vaqti: 09/11/2024 15:25