O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ramazon oyi oldi yig‘ilishi

 
 

2017 yil 24 may kuni Samarqand viloyati vakilligi hamda shahar va tuman bosh imomlari, Samarqand shahar va Samarqand tuman masjid imom xatiblari hamda Xatmi Qur’on o‘tkaziladigan masjid imomlari, xatmga o‘tadigan qorilar ishtirokida Ramazon oyi oldidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ramazon oyini munosib kutib olish va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha maslahatlashish, kelishib olish maqsadida o‘tkazilgan yig‘ilishda masjidlar va ularning atrofida, masjidlarga tutash ziyoratgoh va qabristonlarda obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, taroveh namozi, iftorlik va saharlik vaqtlarini belgilash, masjidlarda ibodat uchun qulay sharoitlar tashkil etish choralarini ko‘rish masalalari muhokama etildi.

Xatmi Qur’on o‘tkaziladigan masjid imom xatiblariga alohida topshiriq berilib, qorilar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdan tashqari qorilarni jalb etishga yo‘l qo‘ymaslik ta’kidlandi.

Ramazon oyi davomida masjidlarda ogohlikni oshirishga doir ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, muborak oyning tinch-osuda o‘tkazilishida imom-xatiblarning mas’uliyatini kuchaytirish lozimligi uqtirilib, shahar va tuman bosh imomlariga bu borada amaliy ishlar ko‘rish vazifasi yuklatildi.

Yig‘ilish so‘ngida Ramazon oyining osuda o‘tishi, undan unumli foydalinishni nasib etishini so‘rab duoyi xayrlar qilindi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 24/05/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2701
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ramazon-oyi-oldi-yigilishi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 18:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing