O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

QUR’ONI KARIM QIROATI BO‘YICHA MUSOBAQA KUNI MA’LUM

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan 2018 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda Qur’on musobaqasini o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi

Xabarda muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu Qur’on musobaqasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari va Toshkent islom universiteti talabalaridan tashqari, masjidlardagi imom-xatiblar, imom noiblari hamda Qur’oni karim qiroati bo‘yicha iqtidori bo‘lgan 18-40 yoshdagi barcha erkagu ayol fuqarolarimiz ishtirok etishlari mumkinligi ta’kidlangan.

Shuningdek, e’londa musobaqa ikki yo‘nalish: hifz va tilovat bo‘yicha olib borilishi ma’lum qilingan. Hifz yo‘nalishida Qur’oni karimni to‘la yod olgan qori va qoriyalar, tilovat yo‘nalishida esa Qur’onni go‘zal tarzda tilovat qila oladigan fuqarolar ishtirok etadi.

Ishtirokchilar yoshga ko‘ra ikkiga taqsimlanadi:

18‒25 yoshdagi ishtirokchilar;

25‒40 yoshdagi ishtirokchilar.

Rejaga ko‘ra viloyatimizda musobaqaning shahar va tuman bosqichlari 2018 yilning 14-16 yanvar kunlari bo‘lib o‘tishi belgilanmoqda.

Musobaqaning o‘tkazilish joylari haqida ma’lumot beriladi.

Birinchi bosqich g‘oliblari viloyat bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi. Viloyatda birinchilikni qo‘lga kiritganlar respublika bosqichiga yo‘llanma oladi.

Musobaqada ishtirok etishni istaganlar 2018 yilning 10 yanvariga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Ro‘yxatga olish 2017 yil 25 dekabrdan 2018 yil 10 yanvargacha ertalab soat 09:00dan kechgi soat 19:00gacha davom etadi. (Eslatib o‘tamiz: 10 yanvar ro‘yxatga olishning so‘ngi kuni bo‘lib, ishtirok etishni istovchilardan imkon qadar vaqtliroq murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz)

Musobaqa haqida viloyat vakilligidagi mutasaddilar bilan bog‘lanish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:

+99866-235-58-84, +99893-348-58-70

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 24/12/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2136
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/quroni-karim-qiroati-boyicha-musobaqa-kuni-malum
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 19:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing