O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Qur'on o‘qilganda telefon o‘ynamang!

 
 

Qur'on tilovat qilinganda Uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad rahmatga erishsangiz (A'rof surasi, 204-oyat).

Qur'on tilovati chog‘ida boshqa narsalarga chalg‘imaslik talab etiladi.

Bir kishi bu haqda bunday hikoya qiladi:

“Qur'on o‘qiyotgan edim, qo‘limda Mus'haf bor edi. Telefonimga kelgan xabarlarni o‘qish fikri xayolimga keldi. Men qiroatdan to‘xtab, telefonimga kelgan xabarlarni birin-ketin o‘qiy boshladim. Mus'haf qo‘limda turar edi. Xabarlar orasida Molik ibn Dinor rahimahullohning quyidagi so‘zlarini o‘qib, o‘zimdan uyalib ketdim: Kim maxluqotlarning so‘zidan voz kechib, Allohning So‘ziga ulfat bo‘lmasa, batahqiq, uning ilmi kam, qalbi ko‘r bo‘libdi va umrini zoe qilibdi”.

Doktor Ahmad Iso al-Ma'saroviy

Abdulloh ABDULMAJID tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 11/05/2024 10:57;   Ko‘rilganligi: 179
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/quron-oqilganda-telefon-oynamang
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 12:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing