Qirg‘izistonlik mehmonlarning Samarqanddagi tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi
Xabar berganimizdek, Qirg‘iziston ulamolarining viloyatimizga bo‘lgan tashrifi davom etmoqda. Mehmonlar kunning ikkinchi yarmida shaharning diqqatga sazovor muhim joylaridan biri, qadimiy, ammo hamisha navqiron shaharsozlik ansambli sifatida butun dunyoga dongi ketgan Registon maydoniga tashrif buyurdi hamda mehmonlarga ushbu tarixiy obidaning qurilishi va bizgacha yetib kelish tarixi so‘zlab berildi.
Shundan so‘ng, mehmonlar tashrifni o‘zbek me'morchilik san'atining buyuk ijodiy namunasi hisoblangan Go‘ri Amir tarixiy yodgorligini ziyorat qilish bilan nihoyasiga yetkazdilar. Ushbu tarixiy obida butun dunyodan tashrif buyuradigan sayyohlar nazaridan chetda qolmagan albatta.
Shundan so‘ng,Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Zamir hoji Rakiyev boshchiligidagi bir guruh ulamolarga viloyat bosh imom-xatibining estalik sovg‘alari topshirildi. Shuniingdek Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Zamir hoji Rakiyev ham viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovga o‘z hadyalarini berdi.
Shuning bilan Qirg‘iziston ulamolarining viloyatimizga bo‘lgan tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi.
Mehmonlarni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Samarqand temiryo‘l vokzalidan Buxoro viloyatiga kuzatib qo‘ydilar.
Alloh taolo ushbu qardosh birodarlar o‘rtasidagi ahlligimizni yanada ziyoda qilsin!
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 20/11/2021 22:31; Ko‘rilganligi: 1132
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 12:13