Qalblari mehrga to‘la insonlar
Oramizda gapirish, ko‘rish va eshitish ne'matidan bebahra insonlar bor. Lekin ularning qalblari mehrga to‘la. Qo‘llari har doim duoda, tili kalimada. Aslida ular nogiron emas. Nogiron inson deb qalb ko‘zi ko‘r, lekin to‘rt muchasi sog‘ insonlarni aytish to‘g‘riroq bo‘ladi. Ishtixon tumani, Safoxo‘ja mahallasidada yashovchi Boboxo‘jayev To‘ychi akaning ham ko‘rish imkoniyati cheklangan. Ishtixon tuman bosh imom-xatibi Alijon Yaqubov mahalla faollari bilan To‘ychi aka xonadonida bo‘lib, u kishining holidan xabar oldi hamda ro‘zg‘ori uchun oziq-ovqat mahsulotlari hadya qildi.
Ko‘ngli yarim, qalbi o‘ksik kishilarga shodlik ulashish, xonadonlariga xursandchilik olib kirish savobli amallardandir. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hadislarida: “Alloh taologa farzlardan keyingi eng sevimli amal musulmonning qalbiga xursandlik kirgizishdir”, degan edilar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 14/11/2019 13:39; Ko‘rilganligi: 1086
Chop etilgan vaqti: 15/10/2024 15:14