O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

PREZIDENTLIK SAYLOVIDAGI G‘ALABANI ALLOH MUBORAK QILSIN!

 
 

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom
salavotu salomlar bo‘lsin.

Hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoev janoblari!

Sizni 2021 yil 24 oktyabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlaridagi ishonchli g‘alabangiz bilan chin dildan, samimiy muborakbod etamiz. Alloh taolodan xalq farovonligi va yurt ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Prezidentlik saylovlari natijalari xalqimizning o‘z Rahbariga bo‘lgan yuksak ishonchi va hurmatidan dalolat ekanini yaqqol ko‘rsatdi.

Saylovlardagi aniq g‘alabangiz – bu Sizning mamlakatni dadil qadamlar ila rivojlantirishga qaratilgan islohotlaringizni xalqimiz qo‘llab-quvvatlashining, shuningdek, yurt ahlining kelajakka bo‘lgan intilishlari yorqin namoyishi bo‘ldi.

Alloh taboraka va taolodan Siz janobi oliylariga va oilangizga sihat-salomatlik, shodu hurramlik va oilaviy baxt tilaymiz. El-yurt saodati va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringizda ulkan zafarlar ato etishini Yaratgan Parvardigordan so‘raymiz.

Haq taolo Sizning Vatan taraqqiyoti, xalq manfaati yo‘lida olib borayotgan sharafli ishlaringizda madadkor bo‘lib, O‘zining hifzu himoyasida asrasin, Omin yo Robbal alamiyn.

Kamoli hurmat va yuksak ehtirom ila,
Nuriddin domla XOLIQNAZAROV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 25/10/2021 16:30;   Ko‘rilganligi: 907
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/prezidentlik-saylovidagi-galabani-alloh-muborak-qilsin
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing