O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Prezident Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi qurilishi bilan tanishdi

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 10 noyabr kuni Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi.

O‘tganlar xotirasi yod etilib, Qur’on tilovat qilindi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ushbu majmua qoshida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi barpo etilmoqda.

Prezidentimiz Imom Buxoriy majmuasi, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va hududda joylashadigan boshqa infratuzilma inshootlari konsepsiyasi bilan tanishdi.

Majmua hududida choyxona, savdo shoxobchalari, favvora va boshqa zarur obyektlar qurish rejalashtirilgan. Ikki yon tomonda landshaft dizayni asosida mahalliy sharoitga mos butazor va gulzorlar tashkil etish mo‘ljallangan.

Davlatimiz rahbari markaz konsepsiyasida ziyoratchilarga qulayliklar yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

Ushbu markaz hajga otlangan ziyoratchilar kelib, buyuk allomalarimiz merosidan bahramand bo‘ladigan ilmiy-ma’rifiy maskan bo‘lishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoev. Buning uchun ziyoratchilarga hamma qulayliklarni yaratish, xususiy mehmonxonalar barpo etish lozim. Bu erga ziyoratga kelgan odamlarning ibodat qilishi bilan birga, hadis ilmini o‘rganishi uchun ham barcha sharoit yaratiladi. Loyihani amalga oshirishda buni alohida hisobga olish


Kiritilgan vaqti: 11/11/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2292
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/prezident-imom-buxoriy-xalqaro-ilmiy-tadqiqot-markazi-qurilishi-bilan-tanishdi
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 16:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing