PAXTAKORLARDAN HOL SO‘RALDI
Ma’lumki, bugungi kunda yurtimizning barcha viloyatu tumanlarida milliy boyligimiz – paxta yig‘im-terim ishlari avjiga chiqqan. Paxta maydonlarida fermerlarimiz yomg‘irli kunlar kelib qolmasdan oq oltinni terib olishga asdoydil kirishganlar. Yurtdoshlarimiz ham bu xayrli ishga hissalarini qo‘shish maqsadida hasharga otlanganlar. Diniy soha xodimlarining ham ushbu umumxalq hashariga munosib tarzda hissa qo‘shayotganlarini alohida ta’kidlash lozim.
Joriy yilning 26 sentyabr kuni Samarqand viloyati bosh imom xatibi N.Islamov, bosh imom xatib o‘rinbosari Z.Eshonqulov, viloyat vakilligi xodimlari, imom-xatiblar birgalikda Narpay tumanidagi paxtakorlar bilan uchrashish uchun tashrif buyurdilar. Moddiy va ma’naviy ko‘mak berishni maqsad qilgan diniy soha xodimlari paxta teruvchilar bilan uchrashar ekanlar, ushbu qilayotgan ishlari vatanga xizmat, xalq farovonligi yo‘lida munosib bir hissa bo‘layotganini aytib o‘tdilar. Alloh taolo ham kalomi sharifida “Ezgulik va taqvo (yo‘li)da hamkorlik qilingiz!” (Moida 2-yat)deya, bandalarini o‘zaro hamkolikka, bir-biriga ko‘maklashishga chorlaganini ta’kidladilar.
Uchrashuvlar davomida ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bilan birga moddiy ko‘maklar ham berildi. Ilg‘or terimchilarga gilam, elektr choynakdan iborat esdalik sovg‘alar ulashildi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 27/09/2016 00:00; Ko‘rilganligi: 2805
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 13:17