O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

O‘zbekistonda 2019 yilda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar qaysi ekanini bilasizmi?

 
 

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi O‘zbekistonda 2019 yil davomida eng ko‘p qo‘yilgan ismlar haqida ma'lumot berdi. Agentlik xabariga ko‘ra, 2019 yil davomida respublikada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga Muhammadali va Soliha ismlari eng ko‘p qo‘yilgan.

Yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalarning 11 305 nafariga Muhammadali ismi qo‘yilgan bo‘lsa, qizlarning 12 461 nafariga esa Soliha ismi qo‘yilgan.

2018 yilda O‘zbekistonda chaqaroqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar Mustafo va Soliha ismlari bo‘lgandi. Undan avvalgi yilda esa Azizbek va Madina ismlari eng ko‘p qo‘yilgan.

Bundan avval O‘zbekistonda 2020 yilning ilk 18 soatida 1111 nafar chaqaloq dunyoga kelgani xabar berilgan edi.

Manba:Daryo.uz


Kiritilgan vaqti: 07/01/2020 11:23;   Ko‘rilganligi: 1063
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ozbekistonda-2019-yilda-chaqaloqlarga-eng-kop-qoyilgan-ismlar-qaysi-ekanini-bilasizmi
Chop etilgan vaqti: 14/05/2024 14:09
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing