O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimining Samarqand viloyatidagi xodimlari xizmatining yuksak e'tirofi

 
 

Muhtaram va aziz dinimiz xizmatchilari!

Darhaqiqat, pandemiya davrida va turli tabiiy ofatlar tufayli yurtimiz ahlining boshiga tushgan sinovlarning oqibatlarini bartaraf etishda barcha diniy xodimlar, shular qatori imom-xatib va noiblar, mahalla mullalari, otinoyilar ham haqiqiy peshvolik maqomini namoyish etdilar.

Ushbu sinovli damlarda rahbariyatning barcha topshiriqlari o‘z vaqtida ado etilganligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari tomonidan Samarqand viloyati vakili, ya'ni kaminaga tashakkurnoma yuborildi.

Yuqori kamoli ehtirom va yuksak hurmat ila topshirilgan ushbu tashakkurnomani viloyatimizdagi barcha diniy xodimlar xizmati uchun berilgan deb bilaman.

Alloh taolo barchamizga muborak etsin va xayrli qilsin.

O‘zim va siz azizlarning nomlaringizdan muftiy hazratlariga va diniy idoramizning barcha fidoiy xodimlariga minnatdorchilik bildiraman.

Zayniddin Eshonqulov - O‘MI Samarqand viloyat bosh imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 10/06/2020 18:14;   Ko‘rilganligi: 1057
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ozbekiston-musulmonlari-idorasi-tizimining-samarqand-viloyatidagi-xodimlari-xizmatining-yuksak-etirofi
Chop etilgan vaqti: 12/09/2024 10:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing