O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov Bulung‘ur tumanida joylashgan "Amir Hamza" jome masjidida juma namozini ado etdi

 
 

Joriy yilning 8-oktyabr kunidan boshlab butun Bulung‘ur tumanining mo‘min-musulmonlari uchun katta hadya bo‘lgan "Amir Hamza" jome masjidining yangi, zamonaviy andozalar asosida qurib bitkazilgan binosida juma namozi jamoat bilan juda katta shukuhiyat ila ado etildi.

Ushbu masjidning ochilish juma ibodatini xalq bilan birga ado etishlik uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar domla Qayumov, Toshkent shahar Yunusobod tumani "Omina" jomasjidi imom-xatibi Yusuf domla Muhiddinov va Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurovlar ishtirok etib, barcha yig‘ilgan jamoatga ma'ruza qildilar.

Albatta ushbu xursandchilikdan barcha birdek xursand bo‘ldi. Shuningdek,  domlalarimiz boshchiligida barcha namozxonlar qo‘llarini duoga qo‘l ochib, Alloh ta'olodan yurtimiz tinchligi, xalqimizning farovonligini va mazkur masjid qiyomatga qadar namozxonlar uchun xizmat qilishini hamda uning qurilishida homiylik qilgan barcha insonlarni ikki dunyo saodatiga erishishlarini so‘rab, duoi-xayrlar qildilar.

O‘MI Sasarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 08/10/2021 16:27;   Ko‘rilganligi: 1104
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ozbekiston-musulmonlari-idorasi-masjidlar-bolimi-mudiri-muhammadnazar-qayumov-bulungur-tumanida-joylashgan-amir-hamza-jome-masjidida-juma-namozini-ado-etdi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 02:33
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing