Otinoyilar uchun ma’naviyat soatlari tashkil etildi
Samarqand viloyatida otinoyilarning ilm-salohiyatini oshirish borasida muhim qadamlardan biri tashlandi.
Har haftaning juma kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi binosida Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan otinoyilar ishtirokida “ma’naviyat soat”lari o‘tkazish tashkil etildi.
Viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirovaning tashabbusi bilan boshlangan ushbu tadbirdan otinoyilarning joylarda sog‘lom e’tiqod tushunchalari, bugungi kundagi islohotlar mazmun-mohiyatini yetkazish, turli xil bid’at-xurofotlarga qarshi kurashishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish ko‘zda tutilgan.
Mashg‘ulotlarda viloyat bosh imom xatibi, viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosarlari va viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirovaning o‘zi bugungi dolzarb mavzular yuzasidan otinoyilarga ma’ruza qilib, tavsiya va ko‘rsatmalar berishmoqda.
Dekabr oyining boshidan Samarqand shahar otinoyilari ishtirokida boshlangan “ma’naviyat soati” o‘quv-mashg‘ulotlari 2018 yildan viloyatning qolgan shahar va tumanlarida joriy etilishi rejalashtirilgan.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 22/12/2017 00:00; Ko‘rilganligi: 1884
Chop etilgan vaqti: 15/12/2024 02:41