Otinoyilar ishtirokida seminarlar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 iyunda o‘tkazilgan «Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi» mavzusidagi yig‘ilish bayoni 18-bandi ijrosi yuzasidan Samarqand viloyatida qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlar:
17 avgust kuni Kattaqurg‘on shahrida Kattaqurg‘on shahar, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Paxtachi, Nurobod, Pastdarg‘om va Qo‘shrabot tumani;
18 avgust kuni Jomboy tumanida Jomboy, Bulung‘ur, Ishtixon, Oqdaryo, Payariq tumani;
19 avgust kuni Toyloq tumanida Samarqand shahar, Samarqand, Tayloq, Urgut tumani otinoyilari, mahalla maslahatchilari ishtirokida yig‘ilish-seminar tarzida o‘tkazildi.
Yig‘ilishda viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova, Tuman-shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raislari bosh mutaxassislari, “Mahalla” XJF tuman bo‘limi bosh maslahatchilari, OAV vakillari va tuman-shahar bosh imom xatiblari, bosh otinoyilar qatnashdi.
Seminar shaklida o‘tkazilgan tadbirlarda erta turmush, noqonuniy nikohga qarshi kurashish, ayollar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash kabi qator masalalar muhokama etilib, fikr-mulohazalar almashildi.
Viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova
Kiritilgan vaqti: 23/08/2017 00:00; Ko‘rilganligi: 2602
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 22:41