O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

ONLAYN: Subhidamda Qur'on va duoga marhabo!

 
 

Shu yil 17 avgust kuni tonggi soat 04:00 dan boshlab, besh oylik to‘xtalishdan so‘ng ilk bomdod namozi, azon sadolari, ma'rifiy suhbat, Qur'on tilovati va mustajob duolar internet televideniya ITV  va ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Shu kuni mo‘min-musulmonlarimiz jomelarga ilk bomdod namozini ado etish uchun oshiqishida, imom-domlalarning fayzli suhbatlari va xushovoz qorilarning tilovatlari ila intiqib kutilgan bomdod namozini jamoat bo‘lib o‘qish saodatidan baxramand bo‘lishadi.

Muxlis xalqimiz, imom-domlalarimiz tomonidan masjidlar doimo ochiq, kasalliklar tezroq daf bo‘lishi uchun Qur'oni karim xatmonalarini o‘qishmoqda. Barchamiz muftiy hazratlari boshchiliklarida ilk bomdod namozidan so‘ng yakuniy duoga qo‘l ochib, “omin” deb tursak iltijolarga sherik bo‘lamiz. Hadisi sharifda aytilganidek, xatmi Qur'ondan keyingi duo ijobatdir (Imom Tabaroniy rivoyatlari).

Mana shunday huzurbaxsh subhidamda Allohning kalomi tilovati va duolarga quyidagi linklar orqali onlayn qo‘shiling! Agarda o‘zingiz jomelarga tashrif qiladigan bo‘lsangiz, bu fayzli onlarni ahli oilangizga tortiq eting!

Youtube: MuslimTV
Facebook: Muslim.uz
ITV.uz: Muslim

Eslatib o‘tamiz xalqimiz tomonidan o‘qilgan Qur'oni karim xatmlari sanog‘ini 94-159-59-84 telefon raqamida SMS xabari orqali qabul qilinmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/08/2020 07:55;   Ko‘rilganligi: 1020
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/onlayn-subhidamda-quron-va-duoga-marhabo
Chop etilgan vaqti: 11/05/2024 15:33
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing