O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

OGOHLIK VA HUSHYORLIK HAR VAQT VA HAR JOYGA XOS

 
 

2018 yil 4 iyun kuni Samarqand shahrida Samarqand davlat universiteti tomonidan “Biz – diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusida ogohlikni yoddan chiqarmaslik, islohotlar zamirida xotirjamlikka berilmaslikni eslatish, hamisha ogoh va hushyor turishga targ‘ib etishga bag‘ishlangan katta tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligining “samarkand.uz” rasmiy portali xabar bermoqda.

Unda viloyat hokimligi, prokuratura, davlat xavfsizligi va ichki ishlar boshqarmalari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi bilan universitet talabalarining uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda universitet rektori R.Xolmurodov, viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov, viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh.Xolboyev, universitet doktoranti Sh.Jo‘raqulov va boshqalar mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularni turli illatlardan, xususan, ekstremistik g‘oyalar ta’siridan asrash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu borada oliy o‘quv yurtlarining talabalari o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda Vatan qadri madh etilgan va adashganlarning og‘ir qismatidan hikoya qiluvchi “Tafakkur ehtiyoji” filmi namoyish etildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 05/06/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1858
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ogohlik-va-hushyorlik-har-vaqt-va-har-joyga-xos
Chop etilgan vaqti: 09/11/2024 15:30
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing