Odam savdosi asr muammosi
Maktabni tugatib, mustaqil hayotga qadam qo‘ygan ayrim yoshlar oson pul topish ilinjida xorijga ishlash uchun ketayotganligi uchrab turibdi. Bugunning eng tashvishli holatlaridan biri, chet elga noqonuniy tarzda ishga chiqayotgan shaxslarning ko‘pchiligi yigirma birinchi asrning transmilliy tashkiliy jinoyatchilikning uchta eng xavfli turidan biri – xalqaro terrorizm va din niqobi ostidagi zo‘ravonlik ruhi, kuch ishlatish, ya'ni ekstremistik, fundamentalistik, separatistik xurujlar vakillarining tuzog‘iga tushib qolmoqda. Voyaga yetib kelayotgan yoshlarni ana shu kabi xavf-xatarlardan ogoh qilib borish zarurati oshib bormoqda.
Shu maqsadda Oqdaryo tumani “Bilol” jome masjidi imom-xatibi Rahmutulloh Qurbonov tumandagi 7 maktabda bo‘lib, o‘quvchilar bilan “Odam savdosi” mavzusida suhbat o‘tkazdi. O‘quvchi yoshlarga Islom dini ta'limotlarida odam savdosi qoralanishi, inson hur yaratilgani, vatanni sevish, ilm-ma'rifatning fazilati borasida so‘zlab berdi. Shundan so‘ng o‘quvchilarda ilmga targ‘ib hosil qilish uchun eng a'lochi o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qildi.
Zero, kitob insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aqlning chirog‘i, bilim manbaidir. Inson doim tafakkur qilishi va ma'rifatga intilishi lozim. Shundagina unda ma'naviyat hosil bo‘ladi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 22/11/2019 15:55; Ko‘rilganligi: 1280
Chop etilgan vaqti: 15/10/2024 14:34