O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Nurobod tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 
 

Joriy yilning 15 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari Nurobod tumanidagi mavjud 14 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor yig‘ilish Nurobod tuman “Qoqsoy” jome masjidida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish oldidan shahar va tuman bosh imom xatiblari Nurobod tumanidagi mavjud masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. Yutuqlar va kamchiliklarni o‘rganib, xulosalar to‘pladilar. Shundan so‘ng, yig‘ilishning asosiy qismi boshlandi. Yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamadkulov, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va o‘rinbosari Xayrulloh domla Sattarov va tegishli mutasaddilar ishtirk etishdi.

Dastlab bosh imom xatiblar tomonidan o‘rganish xulosalari o‘qib eshittirildi. O‘z navbatida viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov va o‘rinbosari X.Sattarovlar tomonidan ham aniqlangan kamchiliklar aytilib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etishga oid tavsiyalar berildi.

Navbatdagi sayyor yig‘ilish Ishtixon tumanida bo‘lib o‘tishligi belgilandi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 15/06/2021 18:34;   Ko‘rilganligi: 564
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/nurobod-tumanida-sayyor-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 14:06
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing