O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Nurobod tumanida “Jom ota” jome masjidi foydalanishga topshirildi

 
 

Tumanning Jom mahallasida bunyod etilgan “Jom ota” jome masjidining foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Jome masjidining umumiy yer maydoni 0,25 gektarni tashkil etib, masjid mingga yaqin namozxonni sig‘dira oladi. Masjidning o‘rtasida 32 metr balandlikda gumbaz qilingan.

Masjid hududida zamonaviy tahoratxona, imom-xatib va boshqa xodimlar uchun barcha qulayliklarga ega ma'muriy bino ham mavjud.

Tadbirda viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov, tuman hokimi Faxriddin Zoirov ishtirok etdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 31/03/2021 08:28;   Ko‘rilganligi: 55
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/nurobod-tumanida-jom-ota-jome-masjidi-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 16/05/2021 13:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing