O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Navbatdagi sayyor yig‘ilish Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tdi

 
 

Joriy yilning 16 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari va Kattaqo‘rg‘on tumanidagi mavjud 31 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor yig‘ilish Kattaqo‘rg‘on tuman “Qalandarxona” masjidida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish oldidan shahar va tuman bosh imom xatiblari Kattaqo‘rg‘on tumanidagi mavjud masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. Yutuqlar va kamchiliklarni o‘rganib, xulosalar to‘pladilar. Shundan so‘ng, yig‘ilishning asosiy qismi boshlandi va dastlab bosh imom xatiblar tomonidan o‘rganish xulosalari o‘qib eshittirildi. O‘z navbatida Viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari X.Sattarov tomonidan ham aniqlangan kamchiliklar aytilib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etishga oid tavsiyalar berildi. 

Navbatdagi sayyor yig‘ilish Pastdarg‘om tumanida bo‘lib o‘tishligi belgilandi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 16/02/2021 17:20;   Ko‘rilganligi: 571
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/navbatdagi-sayyor-yigilish-kattaqorgon-tumanida-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 18:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing